«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston-Afg‘oniston» multimodal yo‘lagini rivojlantirish maqsadida «Qashg‘ar-O‘sh-Andijon-G‘alaba-Hayraton» yangi tranzit yo‘nalishi bo‘ylab yuk poyezdini sinov o‘tkazish boshlandi. Yuk tarkibiga oziq-ovqat, maishiy texnika va xo‘jalik mollari kiradi.
O‘zbekiston ilk bor Pokistonning Karachi porti orqali Hindistonga tranzit yuk jo‘natdi. Pokiston 2021 yilning noyabridan boshlab O‘zbekistonga tranzit yuk tashuvi uchun bojxona rasmiylashtiruvini soddalashtirgandi.
Hindistonlik treyder Pokiston va Afg‘oniston orqali birinchi tranzit jo‘natmani O‘zbekistonga jo‘natdi. 16 mart kuni 140 tonna yuk — asosan shakar ortilgan yuk mashinalari karvoni Kobuldan Toshkentga yo‘l olgan. Bungacha jo‘natma Mumbay, Karachi va Torxam shaharlaridan o‘tgan. Ushbu jo‘natma «to‘rtta davlatning hech birida hukumat ishtirokisiz amalga oshirilgan"i aytildi.
Prezident qarori bilan O‘zbekiston hamda Pokiston hukumatlari o‘rtasida tranzit savdo to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi. Mazkur hujjat 2021 yilning 15 iyulida Pokiston bosh vaziri Imron Xonning Toshkentga tashrifi doirasida imzolangandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting